Google Ads · Lid forma · Webhook

Google Ads lid formasi — CRM va Telegram'ga avtomatik

Google Ads lid formasiga Targenix bergan havola va kalitni qo'yasiz — qidiruv, YouTube va boshqa kampaniyalardagi har bir lid soniyada CRM, Telegram, Google Sheets yoki CPA tarmog'iga tushadi. Google'da ilova o'rnatish yoki hisobga ruxsat berish shart emas.

  • Kodsiz, 5 daqiqada
  • Test lid CRM'ga ketmaydi
  • Bepul, limitsiz
Qanday ulanadi
Targenix bot
Telegram
Namuna xabar
Google Ads lid formasi yuborildi
Yangi lid
Jasur · +998 93 *** ** 12
Forma: Narxini bilish
Savol: Qaysi tuman? — Chilonzor
Google Sheets → yangi qator

Google Ads lidi — Telegram va jadvalda

Qanday ulanadi

  1. 1

    Manbani yarating

    Avtomatizatsiyalar → Yangi → Google Ads. Targenix webhook havolasi va kalitini beradi.

  2. 2

    Google Ads'ga qo'ying

    Lid formasi sozlamalaridagi «Webhook integration» bo'limiga havola va kalitni joylaysiz.

  3. 3

    Test yuboring

    «Send test data» namunaviy lid yuboradi, Targenix forma maydonlarini o'zi o'qiydi. Test lid manzilga yuborilmaydi.

  4. 4

    Manzilni tanlang

    CRM, Telegram, Google Sheets yoki CPA tarmog'i — maydonlarni moslaysiz va yoqasiz.

Nimalar bor

Havola va kalit

Har bir lid Google kaliti bilan keladi; kaliti noto'g'ri so'rov qabul qilinmaydi.

Soniyada yetkazish

Google lidni yuborgan zahoti Targenix uni kerakli joyga uzatadi.

Takror yuborilmaydi

Bir lid ikki marta kelsa, ikkinchisi tashlab yuboriladi; xatoda Google lidni qayta yuboradi — yo'qolmaydi.

Barcha lid formalari

Qidiruv, YouTube, Demand Gen va Performance Max — lid formasi qo'yilgan har qanday kampaniyadan.

100+ manzil

Bitrix24, amoCRM (Kommo), Google Sheets, Telegram, email xizmatlari va O'zbekiston CPA tarmoqlari.

O'z savollaringiz ham

Ism va telefondan tashqari formadagi maxsus savollar ham alohida maydon bo'lib keladi.

Kimlar uchun

Google'da reklama beradigan bizneslar

Qidiruvdan kelgan issiq so'rovlar darhol sotuv bo'limiga tushadi.

Targetologlar va agentliklar

Facebook, Pinterest va Google lidlari bitta panelda, bitta CRM'da.

Sotuv bo'limi

Lid Telegram guruhiga tushadi — kim birinchi olsa, o'sha qo'ng'iroq qiladi.

Savol-javob

Google Ads'da ruxsat yoki ilova kerakmi?

Yo'q. Webhook Google lid formasining o'zida bor — havola va kalitni qo'yish kifoya. Reklama hisobingizga kirish huquqi so'ralmaydi.

Test lid CRM'ga tushib qolmaydimi?

Yo'q. «Send test data» yuborgan lid faqat forma maydonlarini o'qish uchun ishlatiladi va manzilga yuborilmaydi.

Lid yo'qolib qolmaydimi?

Targenix tomonida xato bo'lsa, Google lidni qayta yuboradi. Ikki marta kelgan lid esa ikkinchi marta yuborilmaydi.

Qancha turadi?

Bepul — manba ham, lidlarni yetkazish ham.

Google Ads lidlarini bugundan avtomatlashtiring

Manbani bepul yarating — havola va kalit bir daqiqada tayyor.