Lidlar va foydangizni AI'dan so'rang
Targenix hisobingizni Claude, ChatGPT yoki MCP'ni qo'llaydigan boshqa AI yordamchiga ulang va oddiy so'z bilan so'rang: bugun nechta lid keldi, qaysi hamkor qancha qabul qildi, qaysi kampaniya zararda. AI ma'lumotni faqat o'qiydi — hech narsani o'zgartira olmaydi, mijozlarning telefon raqamlari yashirilgan holda beriladi.
- Faqat o'qish huquqi
- Telefonlar yashirin
- Istalgan vaqtda uzish
AI yordamchi bilan suhbat
Qanday ulanadi
- 1
AI ilovada ulagich qo'shing
Claude: Sozlamalar → Connectors → Add custom connector. ChatGPT: Sozlamalar → Apps. Manzil: https://app.targenix.uz/mcp
- 2
Targenix'ga kiring
Targenix sahifasi ochiladi: hisobingizga kiring va AI nimani o'qishi mumkinligini ko'rib chiqing.
- 3
Ruxsat bering
"Ruxsat berish" ni bosing — AI faqat o'qish uchun kalit oladi. Parolingiz AI'ga berilmaydi.
- 4
Savol bering
Oddiy so'z bilan so'rang. Uzish: Targenix → Ulanishlar → AI yordamchilar.
AI nimani o'qiy oladi
Lidlar xulosasi
Davr bo'yicha lidlar soni: forma, kampaniya va platforma (Facebook, Instagram) kesimida.
Lid qidirish
Lidlar ro'yxati: ism, forma, kampaniya, qayerga yuborilgani va hamkordagi status. Telefonlar yashirin.
Hamkor statuslari
Har bir hamkor bo'yicha: yuborilgan, xato, qabul qilingan, yetkazilgan, bekor qilingan va to'lovlar.
Kampaniya foydasi
Bugungi kampaniyalar: xarajat, kutilgan foyda va xulosa — foydali, zararli yoki hali baholanmagan.
Moliya xulosasi
Kunlar bo'yicha xarajat, hamkordan tushgan va kutilayotgan daromad, sof foyda.
Avtomatizatsiyalar
Qaysi forma qaysi hamkor yoki CRM'ga ulangani, holati va oxirgi 24 soatdagi xatolar.
Namuna savollar
"Bugun nechta lid keldi, qaysi formalardan?"
Lidlar xulosasi — forma va kampaniya bo'yicha.
"Kecha Sotuvchi'ga ketgan lidlardan nechtasi qabul qilindi?"
Hamkor statuslari va to'lovlar.
"Oxirgi 7 kunda xarajat va foyda qancha bo'ldi?"
Moliya xulosasi — kunma-kun.
"Qaysi avtomatizatsiyada bugun xato bor?"
Avtomatizatsiyalar ro'yxati va xatolar soni.
Savollar
AI biror narsani o'zgartira oladimi?
Yo'q. Ulanish faqat o'qish uchun: AI lid yubora, avtomatizatsiyani o'chira yoki kampaniyani to'xtata olmaydi.
Mijozlarimning telefon raqamlari AI'ga ketadimi?
Yo'q, raqamlar yashirilgan holda beriladi (+998 90 *** ** 12). Ma'lumot faqat siz so'raganingizda va faqat sizning hisobingizdan o'qiladi.
Qaysi AI ilovalar bilan ishlaydi?
Claude, ChatGPT va MCP standartini qo'llaydigan boshqa yordamchilar. Ulanish manzili: https://app.targenix.uz/mcp
Qanday uzaman?
Targenix → Ulanishlar → AI yordamchilar bo'limida "Uzish" tugmasi bor. AI'ning kaliti darhol bekor bo'ladi.
Ma'lumotlarim qanday himoyalangan?
Ulanish OAuth 2.1 orqali bo'ladi, parolingiz AI'ga berilmaydi. Batafsil: targenix.uz/privacy.
Pullikmi?
Yo'q, ulanish bepul.
Bog'liq imkoniyatlar
Direct va Messenger'da bilimingizdan javob, raqam va lid
Noldan yoki shablondan, kodsiz: 9 trigger va 17 qadam
Izoh va Direct'ga avtomatik javob, ManyChat kabi ssenariylar
Telefonli va hujum izohlarini yashiradi, raqam lid bo'ladi
200+ shablon, o'z domeningiz, Pixel va Conversions API
ROAS, sof foyda, Conversions API va CPL Guard
Lid xabarnomasi, zarar ogohlantirishi va kunlik hisobot
CRM, Telegram, Google Sheets va CPA tarmoqlari
Hisobingizni AI'dan so'rang
Targenix'ni Claude yoki ChatGPT'ga bir daqiqada ulang.