Canvas · Instagram · Messenger

Avtomatizatsiyani canvas'da quring — kodsiz

Mijoz izoh, Direct yoki story'ga yozganda nima bo'lishini o'zingiz belgilaysiz: trigger tanlaysiz, xabar, tugma, savol, shart va AI javob qadamlarini canvas'da ulaysiz. Noldan boshlang, 10 ta tayyor shablondan birini oling yoki bir jumla yozing — AI qoralamani tuzib beradi. Suhbatda olingan raqam lid bo'lib CRM, Telegram yoki Google Sheets'ga tushadi.

  • 9 trigger va 17 qadam turi
  • Noldan, shablondan yoki AI bilan
  • Bepul, limitsiz
Qanday ishlaydi
Targenix
Avtomatizatsiya canvas'i
Namuna ssenariy
Trigger · izoh
Izohda «narx» yoki «qancha» bo'lsa
Ochiq javob
Javobni Direct'ga yubordik!
Tugmali xabar
Narxi 249 000 so'm. Qaysi rangi kerak?
Shart
Raqam yozdimi? — ha / yo'q
AI javob
Erkin savolga biznes ma'lumotidan javob
Lid yaratildi → Bitrix24

Izohdan lidgacha — bitta ssenariy

Ssenariy 4 qadamda tayyor

Chat-botni noldan qurish · 8:59YouTube'da ochish
  1. 1

    Trigger tanlang

    Izoh, Direct xabar, story javobi yoki belgilash, reklamani bosish, ig.me havola, Ice Breakers, menyu yoki tugma — ssenariy qachon boshlanishini belgilaysiz.

  2. 2

    Qadamlarni ulang

    Xabar, tugmalar, karusel, rasm va video, savol, kutish, teg, maydon, AI javob, operatorga o'tkazish va webhook — canvas'da bir-biriga ulanadi.

  3. 3

    Shartlar bilan tarmoqlang

    Kalit so'z, bosilgan tugma, telefon bor-yo'qligi, reklama yoki kampaniya, teg, vaqt va hafta kuni bo'yicha yo'llarni ajratasiz; A/B test ham bor.

  4. 4

    Sinab ko'ring va yoqing

    Ssenariyni mijozga ko'rsatmasdan sinaysiz va o'z akkauntingizga yuborib ko'rasiz; yoqilgach har bir ssenariy statistikasi ko'rinadi.

Canvas'da nimalar bor

9 xil trigger

Izoh, Direct, story javobi va belgilash, reklamani bosish, ig.me/m.me havola, Ice Breakers, doimiy menyu va tugma bosish.

17 xil qadam

Xabar, tugmalar, karusel, media, savol, telefon so'rash, kutish, teg, maydon, ochiq javob, izohni yashirish, operator, boshqa ssenariy, shartlar, AI javob, webhook va lid.

Shartlar va A/B test

16 xil shart: kalit so'z, tugma, telefon, reklama va kampaniya, sahifa, platforma, teg, maydon, vaqt, hafta kuni va tasodifiy bo'linish.

AI qoralama va AI qadam

Bir jumla yozasiz — AI ssenariy qoralamasini tuzadi. Ssenariy ichidagi AI qadam esa erkin savollarga biznesingiz ma'lumotidan javob beradi.

10 ta tayyor shablon

Izohga narx, Direct'dagi savol-javob, story taklifi, katalog karuseli va boshqalar — 2 daqiqada ishga tushadi.

Nashrdan oldin sinov

Qoralamani mijozga ko'rsatmasdan sinaysiz va o'z Instagram'ingizga yuborib ko'rasiz.

Kontaktlar, teg va maydonlar

Mijozning javoblari maydonlarga, qiziqishi teglarga yoziladi — keyin shular bo'yicha ajratasiz.

Suhbatdan lid

Telefon tekshiriladi va lid bo'lib 100+ ilovaga — CRM, Telegram, Google Sheets va CPA tarmoqlariga yuboriladi.

Kimlar uchun

Onlayn do'konlar

Izohdagi «narxi qancha?» savolidan buyurtmagacha — katalog, rang tanlash va raqam bitta ssenariyda.

Xizmat ko'rsatuvchilar

Klinika, o'quv markazi, salon: savollarga javob, yozilish va administratorga raqam.

Targetologlar va agentliklar

Mijozlarning bir nechta sahifasi uchun ssenariylar — bitta paneldan, bepul.

Savol-javob

Kod yozish kerakmi?

Yo'q. Qadamlarni canvas'da ulaysiz va matnni yozasiz. Murakkab ssenariyni ham dasturchisiz yig'asiz; kerak bo'lsa webhook qadami orqali o'z tizimingizga ma'lumot yuborasiz.

ManyChat'dan nimasi bilan farq qiladi?

Konstruktor g'oyasi o'xshash — trigger, qadam, shart, AI. Farqi: Targenix bepul va limitsiz, interfeysi o'zbek tilida, suhbatdan olingan lid esa darhol 100+ ilovaga — CRM, Telegram, Google Sheets va O'zbekiston CPA tarmoqlariga yetkaziladi.

Noldan qurish qiyin emasmi?

Uch yo'l bor: 10 ta tayyor shablondan birini olasiz, bir jumla yozib AI'dan qoralama so'raysiz yoki bo'sh canvas'dan boshlaysiz. Noldan qurish bo'yicha video qo'llanma ham bor.

Instagram va Facebook'da bir xil ishlaydimi?

Ha. Bitta ssenariy Instagram Direct va Facebook Messenger'da ishlaydi; izoh triggeri ikkala platformadagi post, reels va reklama izohlarida.

Meta qoidalariga mosmi?

Ha. Targenix Meta'ning rasmiy API'si orqali ishlaydi: mijoz yozgandan keyingi 24 soatlik oyna va boshqa qoidalar kod darajasida hisobga olingan.

Qancha turadi?

Bepul. Ssenariylar, xabarlar va sahifalar soni bo'yicha limit yo'q.

Birinchi ssenariyingizni bugun quring

Bepul, kodsiz — noldan, shablondan yoki AI bilan.