Izohdagi raqamlar raqobatchilarga ko'rinmasin
Reklama ostiga mijoz telefon raqamini yozsa, raqobatchilar uni ko'rib, o'zlari qo'ng'iroq qilishi mumkin. Targenix bunday izohni soniyalarda yashiradi: izoh yozgan mijozning o'ziga ko'rinib turadi, raqam esa lid bo'lib CRM yoki Telegram'ga tushadi. Hujum va haqorat izohlari ham avtomatik yashiriladi, haqiqiy shikoyatlar esa javob uchun qoladi.
- Telefonli izohlar yashiriladi
- Raqam baribir lid bo'ladi
- Bepul
dilnoza.k Narxi qancha?
aziz_92 +998 90 123 45 67
Yashirildi · lid yaratildianon.user Aldov, soxta mahsulot!
Yashirildi · hujum izohiReklama ostidagi izohlar
Qanday ishlaydi
- 1
Sahifani ulang
Facebook va Instagram sahifangiz Meta'ning rasmiy API'si orqali ulanadi — post, reels va reklama izohlari soniyada keladi.
- 2
Telefonli izohlarni yashirishni yoqing
Har sahifa uchun alohida: raqam yozilgan izoh darhol yashiriladi, raqam esa lid bo'lib yetkaziladi.
- 3
So'zlar ro'yxatini tanlang
Tayyor ro'yxat 1000 ga yaqin haqiqiy hujum izohidan tuzilgan; o'z so'zlaringizni qo'shasiz — lotin va kirill yozuvi birga tekshiriladi.
- 4
Qolganini avtomatlashtiring
Oddiy izohlarga ochiq javob va Direct ssenariysi ishlaydi; murakkab holatda operator javob beradi.
Himoya nimalar qiladi
Telefonli izohlar yashiriladi
Raqam yozilgan izoh soniyalarda yashiriladi — raqobatchilar mijozingizga qo'ng'iroq qila olmaydi.
Raqam baribir lid bo'ladi
Yashirilgan izohdagi raqam lid bo'lib 100+ ilovaga — CRM, Telegram, Google Sheets yoki CPA tarmog'iga yuboriladi.
Hujum izohlari yashiriladi
Haqorat, tahdid va «soxta», «aldov» kabi hujum so'zlari bor izohlar avtomatik yashiriladi.
Tayyor so'zlar ro'yxati
1000 ga yaqin haqiqiy hujum izohidan tuzilgan; o'z so'zlaringizni qo'shasiz yoki olib tashlaysiz.
O'chirish faqat og'ir holatda
O'chirishni tanlasangiz ham faqat so'kinish o'chiriladi; qolganlari yashiriladi va istalgan payt qayta ochiladi.
Haqiqiy shikoyat yashirilmaydi
Mijozning halol fikri ro'yxatga kiritilmagan — Meta qoidalariga ko'ra unga operator javob beradi.
Har sahifaga alohida
Har sahifaning o'z qoidasi, ustiga butun akkaunt uchun umumiy so'zlar ro'yxati.
Javob ssenariysi bilan birga
Telefon sabab yashirilgan izoh ham javob ssenariysiga yetib boradi; hujum sabab yashirilgani esa javobsiz qoladi.
Kimlar uchun
Raqobati kuchli sohalar
Kiyim, kosmetika, elektronika: izohdagi har bir raqam — raqobatchi uchun tayyor mijoz.
Ko'p izohli reklamalar
Yuzlab izohni qo'lda kuzatib bo'lmaydi — himoya kechayu kunduz ishlaydi.
Brend obro'si
Hujum va haqorat izohlari reklamangizning birinchi qatorida turmaydi.
Savol-javob
Mijozning izohi o'chib ketadimi?
Yo'q, yashiriladi. Izoh yozgan mijozning o'ziga ko'rinib turadi, boshqalar ko'rmaydi. Istalgan payt uni qayta ochish mumkin.
Yashirilgan raqam yo'qolmaydimi?
Yo'q. Raqam lid bo'lib CRM, Telegram yoki Google Sheets'ga yuboriladi — mijozga siz birinchi bo'lib qo'ng'iroq qilasiz.
Salbiy fikrlarni ham yashiradimi?
Faqat hujum va haqorat so'zlari borlarini. Haqiqiy shikoyatni yashirish Meta qoidalariga zid — bunday so'zlar ro'yxatga kiritilmagan va izoh javob uchun qoladi.
Instagram va Facebook'da ishlaydimi?
Ha — ikkala platformadagi post, reels va reklama izohlarida.
Qancha turadi?
Bepul.
Bog'liq imkoniyatlar
Direct va Messenger'da bilimingizdan javob, raqam va lid
Noldan yoki shablondan, kodsiz: 9 trigger va 17 qadam
Izoh va Direct'ga avtomatik javob, ManyChat kabi ssenariylar
200+ shablon, o'z domeningiz, Pixel va Conversions API
ROAS, sof foyda, Conversions API va CPL Guard
Lid xabarnomasi, zarar ogohlantirishi va kunlik hisobot
CRM, Telegram, Google Sheets va CPA tarmoqlari
Mijozlaringizni raqobatchilardan himoya qiling
Himoyani bepul yoqing — bir necha daqiqa kifoya.