Reklamadan qancha foyda qolayotganini aniq biling
Targenix har bir kampaniya bo'yicha sarfni, lidlar soni va narxini, sotuvlar va CPA to'lovlarini bitta joyga yig'adi: ROAS, kutilayotgan va sof foyda o'z valyutangizda ko'rinadi. Conversions API haqiqiy sotuvlarni Meta'ga qaytaradi — algoritm sotib oladigan mijozni topishni o'rganadi. CPL Guard esa lid narxi chegaradan oshgan kampaniyani o'zi to'xtatadi.
- ROAS va sof foyda
- Conversions API
- CPL Guard
Bugungi natija — bitta ekranda
Qanday ishga tushadi
- 1
Reklama hisobini ulang
Facebook reklama hisobi ulangach, kampaniya, guruh va e'lonlar bo'yicha sarf va natijalar muntazam yangilanadi.
- 2
Sotuv manbasini ulang
CRM yoki CPA tarmog'idagi buyurtma holatlari (tasdiqlandi, qaytdi, yetkazildi) Targenix'ga qaytadi — qaysi lid sotuvga aylanganini ko'rasiz.
- 3
Foydani ko'ring
CPA to'lovi yoki savdo summasi, xarajatlaringiz va valyuta kursi bilan ROAS, kutilayotgan va sof foyda o'zi hisoblanadi.
- 4
Nazoratni yoqing
Conversions API sotuvlarni Meta'ga yuboradi, CPL Guard chegaradan oshgan kampaniyani to'xtatadi, Telegram'ga ogohlantirish va kunlik hisobot keladi.
Analitikada nimalar bor
Kampaniya natijalari
Sarf, lidlar va lid narxi — kampaniya, guruh va e'lon bo'yicha.
Halol lid narxi
Lid narxi Meta hisobi bo'yicha emas, Targenix haqiqatda qabul qilgan lidlar bo'yicha hisoblanadi.
ROAS va sof foyda
Daromad, CPA to'lovlari, xarajatlar, kutilayotgan va sof foyda — o'z valyutangizda.
Conversions API
CRM va CPA tarmog'idagi haqiqiy natijalar Meta'ga qaytadi — algoritm sotib oladigan mijozlarni olib kela boshlaydi.
CPL Guard
Lid narxi chegaradan oshsa yoki lidsiz sarf ko'paysa, kampaniya avtomatik to'xtaydi va sizga xabar keladi.
Zarar ogohlantirishi
Kampaniya bir necha soat zararda ishlasa, Telegram'ga sababi va to'xtatish tugmasi bilan xabar keladi.
Kunlik hisobot
Har kuni 21:00 da sarf, lidlar, foyda va eng yaxshi kampaniyalar — Telegram'da.
Buyurtma holatlari
CPA tarmoqlari va CRM'dan tasdiqlangan, qaytgan va yetkazilgan buyurtmalar — haqiqiy voronka.
Kimlar uchun
CPA arbitrajchilar
Har oqim bo'yicha apruv, to'lov va sof foyda — qaysi kampaniya pul topayotgani aniq.
Onlayn do'konlar
Reklama sarfi va sotuvni bir joyda ko'rib, byudjetni ROAS'ga qarab taqsimlash.
Targetologlar
Mijozga taxmin emas, raqam ko'rsatish: lid narxi, sotuv va foyda.
Savol-javob
Foyda qanday hisoblanadi?
Reklama sarfi Facebook'dan, sotuvlar ulangan CRM yoki CPA tarmog'idagi buyurtma holatlaridan olinadi; xarajatlaringizni qo'shsangiz, sof foyda chiqadi. CRM ulanmagan bo'lsa ham sarf, lidlar va lid narxi ko'rinadi.
Conversions API nima beradi?
Meta faqat forma to'ldirilganini ko'radi. CAPI unga qaysi lid sifatli bo'lgani va qaysi biri sotuvga aylanganini yuboradi — algoritm shunday mijozlarni ko'proq topishni o'rganadi.
CPL Guard kampaniyani o'zi to'xtatadimi?
Ha, faqat siz yoqqan qoida bo'yicha: chegarani o'zingiz belgilaysiz (umumiy yoki biznes menejer bo'yicha), qoida har soat tekshiriladi va to'xtatganda xabar beradi.
Qaysi valyutada ko'rsatadi?
Siz tanlagan asosiy valyutada — reklama sarfi kurs bo'yicha o'giriladi.
Qancha turadi?
Bepul — analitika, Conversions API, CPL Guard va hisobotlar ham.
Bog'liq imkoniyatlar
Direct va Messenger'da bilimingizdan javob, raqam va lid
Noldan yoki shablondan, kodsiz: 9 trigger va 17 qadam
Izoh va Direct'ga avtomatik javob, ManyChat kabi ssenariylar
Telefonli va hujum izohlarini yashiradi, raqam lid bo'ladi
200+ shablon, o'z domeningiz, Pixel va Conversions API
Lid xabarnomasi, zarar ogohlantirishi va kunlik hisobot
CRM, Telegram, Google Sheets va CPA tarmoqlari
Reklama pulingiz nazoratda bo'lsin
Bepul ulang — birinchi hisobot bugun kechqurun keladi.