Facebook AdsCRMYangilik

Instagram izohlariga avtomatik javob: 4 soha uchun tayyor ssenariylar

2 daqiqa o'qishTargenix
Izohdan direkt xabar orqali lidgacha avtomatizatsiya zanjiri

Izohlarga avtomatik javob haqida umumiy gaplar ko'p, lekin amalda hamma bitta savolga tiqilib qoladi: aynan nima yozish kerak? Quyida to'rt xil biznes uchun Targenix'da yig'iladigan tayyor ssenariylar — trigger, xabar matni va lid qayerga borishi bilan. Ularni o'zingizga moslab o'zgartiring.

1. Kiyim do'koni: "o'lcham bormi?"

Trigger: reklama ostida "narx", "razmer", "o'lcham", "bormi" so'zlari bilan izoh.

Ochiq javob: "Salom! O'lchamlar va narxni direktga yubordik 🙌"

Direkt xabar: mahsulot karuseli (har bir rang — alohida karta) va savol: "Qaysi o'lcham kerak?" — S, M, L, XL tugmalari bilan. Tanlangandan keyin: "Yetkazib berish uchun telefon raqamingizni yozing".

Natija: raqam va tanlangan o'lcham bilan lid sotuv bo'limining Telegram guruhiga tushadi.

2. Klinika: konsultatsiyaga yozilish

Trigger: story'ga javob yoki "yozilish", "qabul", "narx" so'zli izoh.

Direkt xabar: "Qaysi mutaxassis kerak?" — tugmalar: stomatolog, kosmetolog, boshqa. Keyin: "Qulay kun?" — bugun, ertaga, shu hafta.

Muhim: tibbiy savollarga bot javob bermasin — "Shifokor bilan bog'lanish" tugmasi suhbatni operatorga o'tkazadi.

3. O'quv markazi: bepul sinov darsi

Trigger: "+" yoki "qiziq" deb yozilgan izoh — ko'pchilik o'quv markazlari reklamada "sinov darsi uchun + qo'ying" deb yozadi.

Direkt xabar: dars jadvali rasmi, "Qaysi yo'nalish?" tugmalari, keyin telefon so'rovi.

Qo'shimcha: teg qo'yish qadami yo'nalish bo'yicha (IELTS, dasturlash, matematika) — keyin CRM'da saralash oson.

4. Restoran yoki yetkazib berish: menyu

Trigger: "menyu", "yetkazish", "manzil" so'zlari yoki Instagram profildagi ig.me havolasi orqali kirish.

Direkt xabar: menyu karuseli va "Buyurtma berish" tugmasi. Ish vaqtidan tashqari yozganlarga shart qadami orqali: "Hozir yopiqmiz, ertaga 10:00 dan qabul qilamiz" — lekin raqamni baribir so'rab qolamiz.

Har bir ssenariyga qo'shiladigan umumiy qadamlar

  • Operatorga o'tkazish — har doim "Odam bilan gaplashish" tugmasi bo'lsin.
  • AI javob — ro'yxatda yo'q savollarga qisqa javob beradi, mutaxassis kerak bo'lsa operatorni chaqiradi.
  • Izohlarni moderatsiya — telefon raqami ochiq yozilgan yoki haqoratli izohlar avtomatik yashiriladi.

Ishga tushirishdan oldin

Quruvchidagi sinov rejimida ssenariyni o'zingiz o'tib chiqing — xabar qaysi yo'ldan borishi yoritiladi, hech kimga hech narsa yuborilmaydi. Meta qoidasiga ko'ra avtomatik xabarlar faqat sizga birinchi yozgan odamga, 24 soat ichida yuboriladi.

Targenix'da 9 xil trigger va 20 xil qadam bor, shu jumladan yuqoridagi barcha bloklar. Platforma orqali 100 mingga yaqin izoh va xabar qayta ishlangan. Ssenariy yig'ish kodsiz va bepul — Facebook sahifangiz va Instagram hisobingizni ulang.

Ko'p so'raladigan savollar

Targenix ManyChat'ning o'rnini bosa oladimi?

Izoh va direktni avtomatlashtirish uchun — ha: 9 trigger, 20 qadam, tugmali va karuselli xabarlar, telefon so'rash va AI javob bor. Farqi — Targenix bepul va lidni to'g'ridan-to'g'ri CRM'ga yuboradi.

Avtomatik direkt xabar yuborish Instagram qoidalariga zidmi?

Yo'q, agar xabar sizga birinchi yozgan yoki izoh qoldirgan odamga 24 soat ichida yuborilsa. Targenix shu chegaralarda ishlaydi.

Facebook, TikTok va Google lidlaringizni avtomatlashtiring

Ulanish 2 daqiqa. Karta so'ralmaydi.